Umfang 513 seiten
Хотин-қизлар энциклопедияси
Über das Buch
"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti ushbu kitobni tayyorlashda, avvalo, mustaqillik mafkurasidan, bugungi murakkab dunyodagi hayot ayol oldiga qo'yayotgan vazifalardan kelib chiqilganini alohida ta'kidlash kerak. Kitobda qiz bolaning dunyoga kelishidan boshlab, uni tarbiyalab o'stirish, balog'at yoshiga yetguniga qadar ichki va tashqi dunyosida yuz beradigan o'zgarishlar, qiz bolani oila qurishga tayyorlash, er-xotinlik munosabatlari, ro'zg'or tashvishlari, onalik baxti, oilaning axloqiy-ruhiy muhiti, muhabbat va vafo kabi masalalar o'rin olgan. Kitobning mavzusi, mundarijasi qamrovining kengligi, rang-barangligi hamda ayollarni qiziqtirgan juda ko'p savollarga javoblar berilganligi, oila, turmush masalalari bo'yicha tavsiyalar, maslahatlar topish mumkinligini hisobga olsak, bu kitobni ensiklopedik nashrlar qatoriga kiritish mumkin.