Umfang 157 seiten
Буюк ипак йўли меъморчилиги
Über das Buch
Monografiyada Buyuk ipak yo'lining shakllanishi hamda uning shaharsozlik va me'morchilikka bo'lgan ta'siri masalalari yoritilgan. Unda mazkur yo'lning yuzaga kelish tarixi juda qadimiy ekanligiga e'tibor qaratilgan. Jumladan, uning vujudga kelishida «Mis yo'li», «Qalay yo'li», «Lojuvard yo'li», «Zumrad yo'li», «La'l yo'li», «Choy yo'li» singari o'nlab ko'hna transkontinental marshrutlarning ahamiyati ko'rsatib berilib, Buyuk ipak yo'lining eng sermahsul va barqaror yo'l sifatida shakllanib, rivojlanganligi e'tirof etilgan. Bu yo'l bo'ylab shakllangan shaharlar buyuk madaniyat chorrahalari, yo'lbo'yi xizmat ko'rsatish inshootlari, to'xtash joylari-marhalalarning vujudga kelish qonuniyatlari ochib berilgan. Shu asosda Buyuk ipak yo'lining vorisi ‒ O'zbek milliy avtomagistrali bo'ylab zamonaviy servis xizmatini shakllantirishning ilmiy va loyiha-ekspe­rimental muammolari ochib berilgan.Monografiya arxitektorlar, loyihalovchilar, olimlar va talabalarga mo'ljal­langan.