Das Buch kann nicht als Datei heruntergeladen werden, kann aber in unserer App oder online auf der Website gelesen werden.
Das Buch kann nicht als Datei heruntergeladen werden, kann aber in unserer App oder online auf der Website gelesen werden.
Über das Buch
Oybek – yetuk prozaik edi. Uning qator romanlari, ko'plab qissalari o'zbek nasri rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Yozuvchining nasriy asarlari millat vakillari ruhiyatini aks etti-rish jihatidan o'ziga xos o'rin tutadi. Oybekning prozaik asarlari orasida «Qutlug' qon» romani alohida badiiy qimmati bilan ajralib turadi. Adib bu asarni yozishga qatag'on avj olgan mash'um 1937-yillarda kirishgan edi. Zarifaxonim shunday xotirlaydi: "Biz har kuni ertalab hali u, hali bu tanishimizning qamalganini eshitamiz. Kunlar nihoyatda betinch. Hamma ziyolilar «xalq dushmani» deb e'lon qilinib qamalmoqda. Na kunduz halovat bor, na tunda – uy-quda. Har daqiqa tashvish, har daqiqa yurak titroqda. Biz bolalar-ni qo'rg'onda qaynota-qaynonamga qoldirib, ikki temir karavot-ni bog'ning chetiga ko'chirdik. (Go'yo bizni bog'dan topisholmay-diganday).
