Das Buch kann nicht als Datei heruntergeladen werden, kann aber in unserer App oder online auf der Website gelesen werden.
Das Buch kann nicht als Datei heruntergeladen werden, kann aber in unserer App oder online auf der Website gelesen werden.
Über das Buch
Mio – asl ismi Bu Vilxelm Ulson bo‘lgan yigitcha. Tutingan ota-onasi bag‘riga sig‘dirmagan bolakay mo‘jiza sodir bo‘lib, o‘z otasi hukmronlik qiladigan yurt – Uzoq Mamlakatga borib qoladi. Bu yerda do‘stlar orttiradi, odamlarning bir-birlariga bo‘lgan mehr-muhabbatini ko‘rib, hayratga tushadi. Otasi har gal «Mio, bolajonim Mio», deya erkalaganda esa dunyoning eng baxtli bolalari qatorida ko‘radi o‘zini.
Yovuz Kato esa Uzoq Mamlakatning eng katta dushmani. Qolaversa, u shu mamlakat bolalarining ko‘pchiligi yuragini toshga aylantirgan va ularni ota-onasidan judo qilgan. Yovuz Katoga qarshi jangga otlangan Mio o‘quvchi ko‘z o‘ngida haqiqiy qahramon sifatida gavdalanadi.
Qo‘lingizdagi kitob ana shu kabi sarguzashtlarga boy va u ilk bora o‘zbek tilida nashr qilinmoqda.
